Iqtisodiyot

Raqobat qoʻmitasi mobil operatorlar tomonidan narxlar oshirilishining asoslanganligini oʻrganishni boshladi

Yaqin kunlarda baʼzi mobil aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar narxi oshishi kutilayotgani eʼlon qilindi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mobil aloqa operatorlari tomonidan narxlar oshirilishining asosliligini oʻrganishga kirishdi.

Ushbu holat, oʻz navbatida, isteʼmolchilar tomonidan haqli eʼtirozlarni keltirib chiqarmoqda.

Ushbu fakt boʻyicha Raqobat qoʻmitasi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan narxlar oshirilishining asosliligini oʻrganish boshlandi.

Beeline’da oylik abonent toʻlovini toʻlash uchun hisobda mablagʻ yetarli boʻlmaganda, isteʼmolchilarni ogohlantirmasdan kunlik tarif rejasiga avtomatik oʻtkazish amaliyoti bekor qilindi hamda ushbu xizmatlarni boshqarish imkoniyatlari yaratildi; bundan tashqari, Beeline uchun davlat organlarining 100 dan ortiq qisqa ishonch telefonlariga qoʻngʻiroqlar bepul boʻldi;

Mobiuz’da baʼzi tarif rejalariga oʻtish bilan bogʻliq texnik cheklovlar bartaraf etildi va isteʼmolchilar uchun tarif shartlari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar koʻrsatilishi taʼminlandi;

Ucell’da uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ommaviy oferta qayta koʻrib chiqildi, unga moddiy va maʼnaviy zarar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi talablar kiritildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.