Raqobat qoʻmitasi mahalliy aviareyslar kechikkanda yoʻlovchilarga kompensatsiya toʻlanishi holatlarini oʻrganmoqda
Aviakompaniyalar ustidan shikoyatlar bir yilda 4 barobarga oshdi. Odamlar reyslarning soatlab kechikishi, oʻz vaqtida aniq maʼlumot berilmasligi va xizmat sifatidan norozi. Raqobat qoʻmitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanda yoʻlovchilarga kompensatsiya toʻlanishi holatlarini oʻrganmoqda. Shikoyati bor isteʼmolchilar qoʻmitaga murojaat qilishi soʻralmoqda.

Raqobat qoʻmitasi mahalliy aviareyslar kechikkanida yoʻlovchilarga kompensatsiya berilishi holatlarini tekshirmoqda
“Tahlillarga koʻra, ayrim hollarda tashuvchining aybi bilan kechikkan reyslar uchun yoʻlovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechim taklif etilmagan. Bu esa fuqarolarning vaqti, mablagʻi va rejalariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Qoʻmita mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanda yoʻlovchilarga kompensatsiya toʻlanishi hamda isteʼmolchilar huquqlariga rioya etilishi holatlarini ochiq manbalar asosida oʻrganmoqda.
Yuqoridagilarga koʻra, aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi axborotlarni toʻliq taqdim etish va qonunchilikka muvofiqlashtirishlarini, fuqarolardan esa ushbu sohadagi oʻz taklif va eʼtirozlari yuzasidan Raqobat qoʻmitasiga murojaat etishlarini soʻraymiz”, – deyiladi rasmiy bayonotda.

