Iqtisodiyot

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 642 mlrd so‘m subsidiya berildi

70,7 ming nafar fuqaro elektr tarmog‘iga uzatgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan subsidiya oldi. Hududlar

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 642 mlrd so‘m subsidiya ajratildi

«Quyoshli xonadon» dasturi doirasida berilgan subsidiyalar quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun to‘lanadi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyida 70,7 ming nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalangan. Ularga jami 642 mlrd 112,1 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hududlar bo‘yicha eng katta subsidiya Buxoro viloyati fuqarolariga to‘langan. Bu hududdagi to‘lovlar 116,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 115,3 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida 72,6 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 77,3 mlrd so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan. Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 49,8 mlrd so‘mni, Farg‘ona viloyatida 45,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Samarqand viloyatida 36,1 mlrd so‘m, Toshkent shahrida 32 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 30,3 mlrd so‘m subsidiya to‘langan.

Subsidiya mablag‘larini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbek va imtiyozlar» xizmati ichidagi «Quyoshli xonadon» bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazish mumkin. Buning uchun «Kartaga pul o‘tkazish» tugmasidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-apreldan boshlab dastur doirasida xonadonlarga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan subsidiya ajratish belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.