Iqtisodiyot

Ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga 1,1 trln so‘mdan ortiq subsidiya to‘lab berildi

Ipoteka kreditlari uchun fuqarolarga 1,1 trln so‘mdan ziyod subsidiya berildi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga 1,1 trillion so‘mdan ortiq subsidiya mablag‘lari to‘lab berildi. Bu haqda 4-sentyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2026-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun 12 355 nafar fuqaroga subsidiya ajratilgan. Shundan 367 milliard so‘mi dastlabki badal yoki uning bir qismini qoplashga, 774,1 milliard so‘mi esa avvalgi yillarda ajratilgan ipoteka kreditlarining foiz to‘lovlariga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, maqsadli ipoteka omonatlari uchun 19,4 milliard so‘mlik subsidiya ajratilgan.

Subsidiya foydalanish bo‘yicha hududlar orasida vodiy viloyatlari yetakchilik qilgan. Andijon viloyati birinchi o‘rinda bo‘lib, 1 472 nafar fuqaroga boshlang‘ich badal uchun 43,8 milliard so‘m ajratilgan. Farg‘ona viloyatida shu maqsadda 1 410 kishiga 41,9 milliard so‘m, Namanganda esa 1 406 kishiga 41,6 milliard so‘m berilgan.

Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 1 260 nafar fuqaro bu imtiyozdan foydalangan va ularga 37,5 milliard so‘m ajratilgan. Toshkent shahri aholisi bu borada eng oxirgi o‘rinda bo‘lib, 389 kishiga 11,6 milliard so‘m ajratilgan.

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar 2026-yil 16-mart kuni boshlangan edi. Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 27-iyuldan boshlab qabul qilindi.

Subsidiya ajratish dasturida Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Biznesni rivojlantirish banki, Hamkorbank, Ipak yo‘li banki, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Orient Finans banki, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, O‘zmilliybank hamda O‘zsanoatqurilishbank ishtirok etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.