Quyoş energetikasi ilk bor atom energetikasini ortda qoldirişi kutilmoqda
BBC keltirgan prognozga köra, 2026-yil oxiriga borib quyoş energetikasining jahon elektr energiyasi işlab çiqarişidagi uluşi 10 foizga yetadi. Şu tariqa u elektr işlab çiqariş hajmi böyiça ilk bor atom energetikasidan özib ketişi kutilmoqda.

Quyosh energetikasi ilk bor atom energetikasini ortda qoldirishi kutilmoqda
Oksford universitetining energetika siyosati va iqlim bo‘yicha professori Yan Rozenov BBC’ga quyosh energetikasi energetik o‘tishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganini aytgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 26 yilda dunyo atom elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi umumiy hisobda deyarli o‘zgarmagan. Quyoshdan elektr olish esa shu davrda taxminan 2700 baravar ko‘paygan.
Bu o‘sishda Xitoyning o‘rni katta. Mamlakatdagi ulkan ishlab chiqarish quvvatlari fotoelektrik tizimlar narxining keskin pasayishiga olib kelgan.
AQShda esa atom energetikasini rivojlantirishga umid bog‘lagan ko‘plab startaplar paydo bo‘lgan. Biroq ular taklif qilayotgan yangi yadroviy texnologiyalarni tijoriy foydalanishga olib chiqish jarayoni sekin kechmoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi o‘n yilliklarda AQShda atom elektr stansiyalarini qurish qiymati sezilarli oshgan. Quyosh energetikasida esa uskunalar arzonlashishi uning kengroq tarqalishiga sharoit yaratmoqda.
Xabarda AQShning Eronga qarshi urushi fonida neft ta’minotidagi uzilishlar muqobil energiya manbalariga qiziqishni kuchaytirgani ham qayd etilgan. Ko‘plab mamlakatlar uchun arzonlashayotgan quyosh energiyasi energiya ta’minotini diversifikatsiya qilishning muhim vositasiga aylanmoqda.

