Qurolmi yoki vino shishasimi? Xitoy Papua-Yangi Gvineyadagi artilleriya snaryadi haqidagi xabarlarni rad etmoqda
Papua – Yangi Gvineya politsiyasi avvalroq 32 kg ogʻirlikdagi obʼyekt «shunchaki maket» ekani haqidagi taxminlarni rad etgan edi.

**Qurolmi yoki vino idishimi? Xitoy Papua-Yangi Gvineyadagi artilleriya snaryadi haqidagi xabarlarni rad etmoqda**
32 kilogrammlik obʼyekt Port-Morsbidagi qurilish maydonchasida topilgan.
Xitoy rasmiylari Papua-Yangi Gvineyadagi tijorat yuk konteyneri ichidan Xitoyda ishlab chiqarilgani gumon qilingan artilleriya snaryadi topilgani haqidagi xabarlarni rad etib, bu "snaryad shaklidagi vino idishi" ekanini taʼkidlamoqda.
"U hech qanday xavf tugʻdirmaydi", deyiladi Xitoy elchixonasining seshanba kuni Fasebook’dagi postida va bu shubhali munosabatlarga sabab boʻldi.
Port-Morsbi politsiyasi oʻtgan juma kuni poytaxtdagi qurilish maydonchasida 32 kilogrammlik obʼyekt topilgach, chech nafar Xitoy fuqarosini qoʻlga oldi.
Mahalliy xabarlarda aytilishicha, rasmiylar u portlovchi moslama ekanini tekshirmoqda, politsiya komissari Devid Manning esa buni "jadda xavotirli topilma" deb atadi.
Chorshanba kungi xabarida Australia Broadtsasting Tsorporation nomi oshkor qilinmagan manbalarga tayanib, ushbu obʼyekt kimyoviy portlovchi moddalar va portlatgichga ega 130 mmli Xitoyning Type 59 artilleriya snaryadi ekanini maʼlum qildi.
Papua-Yangi Gvineya politsiyasi avvalroq ushbu obʼyekt "shunchaki mulyaj" ekani haqidagi taxminlarni rad etgan edi, deb xabar berdi mahalliy Post Tsouriyer gazetasi.
Bildan, oʻz bayonotida Xitoy elchixonasi noqonuniy harbiy darajadagi artilleriya snaryadini Xitoydan Papua-Yangi Gvineyaga kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtish "amalda imkonsiz" ekanini aytdi.
"Xitoy oʻqotar qurollarni nazorat qilish boʻyicha dunyodagi eng qatiq qonun va qoidalarni qoʻllaydi", deyiladi bayonotda va Xitoy "global miqyosda eng xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida tan olingani" qoʻshimcha qilingan.
Baʼzi Fasebook foydalanuvchilari bunga ishonmadilar.
"Qaysi vino idishi 32 kilogramm tosh bosadi?" deb yozgan ulardan biri.
Yana bir foydalanuvchi ushbu obʼyektda uning vino idishi ekanini koʻrsatuvchi hech qanday yorliq yoʻqligini aytdi.

