Dunyo

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlanib 10 kishi ushlandi (foto)

Gumonlanuvchilar ekstremistik guruh tuzish va unga rahbarlik qilish, uning faoliyatida qatnashish, terrorizmni targʻib qilish hamda diniy adovatni qoʻzgʻatishda ayblanmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlanib 10 kishi qo‘lga olindi (foto)

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) Atirau shahrida ekstremistik guruh tuzish va mamlakatda davlat to‘ntarishi rejalashtirishda gumon qilingan 10 nafar shaxsni ushladi. Bu haqda idoraning matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “Vedomosti”.

MXQ ma’lumotiga ko‘ra, guruh a’zolari mamlakatning g‘arbiy hududida konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirishni rejalashtirgan. Qo‘lga olish amaliyoti 30-oktyabr kuni prokuratura organlari nazorati ostida, sudgacha bo‘lgan tergov doirasida o‘tkazilgan.

Gumonlanuvchilar ekstremistik guruh tuzish va unga rahbarlik qilish, uning faoliyatida qatnashish, terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy adovatni qo‘zg‘atishda ayblanmoqda.

Shuningdek, idora bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan uchta yashirin ta’lim markazi faoliyati tugatilganini bildirdi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushlanganlarning ba’zilari ilgari terrorizm va boshqa jinoyatlar uchun sudlangan. Tergov manfaatlari nuqtai nazaridan boshqa ma’lumotlar oshkor etilmadi.

2025-yilda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Olmaotada terakt rejalashtirgan besh nafar ajnabiy fuqaroni qo‘lga olgan edi. O‘sha yilning sentyabr va oktyabr oylarida esa terrorizmni targ‘ib qilishda gumonlanib, sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular ushlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.