Dunyo

Qozogʻiston reper Navaiga qarshi jinoiy ishni tugatdi

Qozogʻiston reper Navai’ga qarshi jinoyat ishini tugatdi

Qozogʻistonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib ushlangan rossiyalik reper va xonanda Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Shundan soʻng artist mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Qozogʻistonning Jambil viloyati politsiya departamenti xabar berishicha, qaror qabul qilishda ehtimoliy huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani, shuningdek, xonandaning pushaymonligi hisobga olingan. Qaror prokuratura tomonidan maʼqullangan.

Ish tugatilgach, Navai Qozogʻistonni tark etdi. Artistga mamlakatga kirish ham besh yilga taqiqlandi.

Navai boʻlgan avtomobil 13 oktyabr kuni Qozogʻistonga kirishda «Qorday» chegara punktida toʻxtatilgan edi. Artist ertasi kuni kontserti boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Astanaga ketayotgan edi. Moshinani tekshirish chogʻida huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik moddasini aniqlab, musodara qilgan.

Shundan soʻng giyohvandlik moddalari kontrabandasiga suiqasd qilish gumoni bilan sudgacha tergov boshlandi. Xonanda vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi, keyinroq esa sud uni ikki oyga hibsga olishga ruxsat berdi.

Astanadagi kontsert bekor qilindi yoki nomaʼlum muddatga qoldirildi. Tashkilotchilar buni texnik sabablar bilan izohladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.