Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘chalar uchun 7 foizli kredit beriladi

Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘chalar uchun 7 foizli kredit ajratiladi
Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta‘lim tajribasini kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Texnikumda Pearson BTEC xalqaro ta‘lim dasturi joriy qilingan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.
Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.
Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
1-oktyabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 mln so‘mdan 50 mln so‘mga oshiriladi.
“Usta-shogird” an‘anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta‘lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal‘ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.
Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.
Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.

