Mahalliy

Qoraqalpog‘istonda xalqaro YONAR festivali o‘tkaziladi

16–19 sentyabr kunlari Qo‘ng‘irotdagi “Borsakelmas” sho‘rxogida zamonaviy sanʼat va kreativ turizm festivali bo‘lib o‘tadi.

Qoraqalpog‘istonda xalqaro YONAR festivali bo‘lib o‘tadi

2026 yil 16–19 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi “Borsakelmas” sho‘rxogi hududida eksperimental sanʼat va kreativ turizmga bag‘ishlangan xalqaro “YONAR” festivali tashkil etiladi.

Festival zamonaviy sanʼat, ijod, kreativ industriyalar va turizm yo‘nalishlarini o‘zida jamlaydi. Tadbirning bosh maqsadi Qoraqalpog‘istonning tabiiy landshaftlari va turistik salohiyatini xorijiy auditoriyaga tanishtirishdan iborat.

Festival doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda kontent yaratuvchilar uchun axborot turlari uyushtiriladi. Safarlar davomida tayyorlangan foto va videomateriallarni xalqaro va raqamli platformalarda targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.

Festival mehmonlari uchun tadbir hududida zarur infratuzilma yaratiladi. Jumladan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena obyektlari tashkil etiladi, ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.

Shuningdek, festival hududiga kamida 15 ta o‘tov o‘rnatish rejalashtirilgan.

“YONAR” festivalini o‘tkazish zamonaviy sanʼat va kreativ industriyalar yo‘nalishlarini Qoraqalpog‘istonning tabiiy hamda madaniy salohiyatini turistik targ‘ib qilish bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.