Qoraqalpogʻistonda 3−4 oktyabr kunlari Aral Ultra xalqaro ultramarafoni boʻlib oʻtadi
3 va 4 oktyabr kunlari Qoraqalpogʻistonda Aral Ultra xalqaro ultramarafoni boʻlib oʻtadi. Yugurish masofalari 100, 50, 25 va 15 kmni tashkil etadi. Yoʻnalish Ustyurt platosi orqali Orol dengizi qirgʻoqlarigacha choʻziladi.

Qoraqalpogʻistonda 3−4 oktyabr kunlari Aral Ultra xalqaro ultramarafoni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Aral Ultra xalqaro ultramarafoniga roʻyxatdan oʻtish boshlanganini maʼlum qildi. Poyganing boshlanishi 3−4 oktyabr kunlari Qoraqalpogʻistonda rejalashtirilgan.
Yoʻnalish Ustyurt platosi orqali oʻtadi va Gʻarbiy Orol dengizi qirgʻogʻida yakunlanadi. Mintaqa ekotizimidagi oʻzgarishlarni taʼkidlash uchun marra chizigʻini har yili koʻchirib turish rejalashtirilmoqda.
Aral Ultra dasturidan Nukus shahridagi tadbirlar ham oʻrin oladi: bolalar yugurish musobaqalari, chiqindilarni yigʻish bilan birgalikdagi plogging va shahar boʻylab yugurish ekskursiyasi.
Poyga treylranning — asfaltlanmagan yoʻllar boʻlmagan tabiiy yoʻnalishlar boʻylab yugurish formatida oʻtkaziladi.
Yuguruvchilar quyidagi masofalarga roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:
100 km va 50 km masofalar tayyorgarlikdan oʻtgan ishtirokchilarga moʻljallangan va malakani tasdiqlashni talab qiladi.
100 km masofaga ruxsat olish uchun quyidagi yoʻnalishlardan birida marraga yetib kelgan boʻlish kerak edi:
50 km masofaga ruxsat olish uchun talablardan biriga javob berish, xususan, quyidagilarda marraga yetib kelgan boʻlish zarur:
25 km va 15 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun malaka talab etilmaydi, biroq 18 yoshlik yosh chegarasi belgilangan.
2 km va Kids Run uchun roʻyxatdan oʻtish keyinroq ochiladi.
«Aral Ultra orqali biz dunyoga mintaqaning yangi qiyofasini — betakror tabiati, madaniyati va boshqa hech qayerda his qilib boʻlmaydigan oʻziga xos muhitiga ega kuch-qudrat maskani sifatida koʻrsatmoqchimiz», — dedi marafonlarni amalga oshirish boʻlimi boshligʻi va turkum kuratori Mirxan Sagitov.
Aral Ultra худди шу номдаги марафон, Bukhara Night Race, Sky Camp Bo’stonliq, шунингдек, Zaamin Ultra лойиҳаларини бирлаштирган Samarkand Marathon туркумига киради.
Tashkilotchilar yigʻilgan mablagʻlarni poygalar oʻtkaziladigan shaharlarda bolalar sport maydonchalari qurishga yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda.

