3−4-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda Aral Ultra xalqaro ultramafoni bo‘lib o‘tadi
3 va 4-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda Aral Ultra xalqaro ultramafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 100, 50, 25 va 15 km ni tashkil etadi. Yo‘nalish Ustyurt platosi orqali Orol dengizi sohiligacha davom etadi.

3−4-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda Aral Ultra xalqaro ultramafoni o‘tkaziladi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Aral Ultra xalqaro ultramafoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini ma’lum qildi.
Yugurish bellashuvi 3−4-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi.
Marafon yo‘nalishi Ustyurt platosi bo‘ylab o‘tib, G‘arbiy Orol dengizining qirg‘oq chizig‘ida yakunlanadi. Mintaqa ekotizimidagi o‘zgarishlarni namoyish etish maqsadida marra chizig‘ini har yili almashtirib borish rejalashtirilgan.
Aral Ultra dasturiga Nukus shahridagi tadbirlar ham kiritilgan: bolalar yugurish musobaqalari, chiqindilarni yig‘ish bilan plogging va shahar bo‘ylab yugurish ekskursiyasi.
Musobaqa treylranning — asfaltlangan yo‘llarsiz tabiiy yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish formatida tashkil etiladi.
Yuguruvchilar quyidagi masofalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
100 km va 50 km masofalar tayyorgarlikka ega ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, malakani tasdiqlashni talab qiladi.
100 km masofaga ruxsat olish uchun quyidagi yo‘nalishlardan birida marraga yetib kelgan bo‘lish kerak:
50 km masofaga ruxsat olish uchun quyidagi talablardan biriga javob berish, xususan, quyidagi musobaqalarda marraga yetib kelgan bo‘lish kerak:
25 km va 15 km masofalardagi yugurishda qatnashish uchun malaka talab etilmaydi, biroq yosh cheklovi bor — 18 yosh.
2 km va Kids Run masofalariga ro‘yxatdan o‘tish keyinroq ochiladi.
“Aral Ultra orqali biz dunyoga mintaqaning yangi qiyofasini — takrorlanmas tabiati, madaniyati va boshqa hech qayerda his qilib bo‘lmaydigan o‘zgacha muhitiga ega kuch maskani sifatida ko‘rsatmoqchimiz”, — dedi marafonlarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i va seriya kuratori Mirxan Sagitov.
Aral Ultra ushbu nomdagi marafon, Bukhara Night Race, Sky Camp Bo’stonliq va Zaamin Ultra musobaqalarini birlashtirgan Samarkand Marathon seriyasining bir qismiga aylanadi.
Tashkilotchilar yig‘ilgan mablag‘larni yugurish musobaqalari o‘tkaziladigan shaharlarda bolalar sport maydonchalarini qurishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

