Qogʻoz asl nusxalarsiz. Rossiya va Oʻzbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanishini yoʻlga qoʻydi
Rossiya kompaniyalari Oʻzbekistondagi kontragentlari bilan yuridik jihatdan ahamiyatli elektron hujjatlarni almashish imkoniyatiga ega boʻldilar. Transchegaraviy elektron hujjat aylanishini Rossiyaning "SKB Kontur" kompaniyasi "Diadok" servisi foydalanuvchilari uchun ishga tushirdi.

Qogʻoz asl nusxalarsiz. Rossiya va Oʻzbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanishini yoʻlga qoʻydi
Rossiya kompaniyalari endilikda Oʻzbekistondagi kontragentlari bilan yuridik kuchga ega elektron hujjatlarni almashishlari mumkin. "Diadok" servisi foydalanuvchilari uchun transchegaraviy elektron hujjat aylanishini Rossiyaning "SKB Kontur" kompaniyasi ishga tushirdi.
Yangi format mamlakatlar oʻrtasida qogʻoz asl nusxalarni joʻnatishdan voz kechish imkonini beradi. Hujjatlarni tezroq kelishish va imzolash, zarurat tugʻilganda esa ularga tezkorlik bilan tuzatishlar kiritish mumkin.
Xorijiy kontragentning elektron imzosi bilan imzolangan hujjatlar bilan ishlashda, bunday imzoning haqiqiyligini tekshirishni mustaqil sertifikatlashtirish markazi amalga oshiradi.
Kompaniyadan taʼkidlashlaricha, Oʻzbekiston bilan almashinuvning yoʻlga qoʻyilishi Rossiya va Oʻzbekiston kompaniyalarining hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi va ularning qogʻoz asl nusxalarini yuborish zaruratini yoʻqqa chiqaradi.
Transchegaraviy elektron hujjat aylanishining yoʻlga qoʻyilishi Oʻzbekistonning hujjat aylanishini raqamlashtirish va davlat organlarida qogʻozdan foydalanishni qisqartirish borasidagi kursiga mos keladi.

