Iqtisodiyot

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirilmoqda

Qishloq хoʻjaligi sub’yektlari uchun bir qator yangi subsidiyalar, jumladan, paхta hosili, yem-хashak ekinlari va sovutilgan goʻsht importi uchun toʻlovlar koʻzda tutilgan. 2027 yildan boshlab tajriba tariqasida suv tejovchi sugʻorish teхnologiyalari uchun «natijaviy subsidiya» ham joriy etiladi.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirilmoqda

Prezidentning 28.09.2026 yildagi PF-354-son Farmoni bilan agrar sohada moliyaviy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Hujjatda qishloq xoʻjaligi sub’yektlariga bir nechta turdagi subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.

2026-yilgi paxta hosili uchun har bir tonna paxta xomashyosi uchun 500 ming soʻmdan toʻlanadi, 4 va 5-navli paxta bundan mustasno.

2026 yilda paxta-toʻqimachilik klasterlari va ularning ta’sischilari boʻlgan korxonalarga ularga tutash yerlardagi paxta ekiladigan maydonlarning har bir gektari uchun 1,5 mln soʻm miqdorida subsidiya beriladi.

2027−2029 yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalari ozuqabop ekinlar bilan band boʻlgan asosiy ekin maydonlarining har bir gektari uchun yiliga 500 ming soʻmdan daromad olishlari mumkin. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xulosasi subsidiya berish uchun asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sub’yektlariga import qilingan sovutilgan qoramol va qoʻy goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2 500 soʻm miqdorida subsidiya beriladi.

«Natijaviy subsidiya» joriy etiladi

2027 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

«Natijaviy subsidiya» miqdori nafaqat oluvchining haqiqiy xarajatlarini hisobga olgan holda, balki erishilgan hosildorlik koʻrsatkichlari, mahsulot sifati va boshqa natijalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Sugʻurta hodisalari boʻlmagan xoʻjaliklar uchun sugʻurta badallari kamaytiriladi

Uch yil davomida sugʻurta hodisasi qayd etilmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun toʻrtinchi yildan boshlab sugʻurta badallariga 10 foizdan 20 foizgacha chegirma koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, sugʻurta badallarining 3-5 foizi ogohlantirish tadbirlari zaxirasiga yoʻnaltiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.