Qirgʻizistonda viloyatlar va tumanlarni tugatish hamda oymaqlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Qirgʻizistonda viloyatlar va tumanlarni tugatib, ularning oʻrniga yiriklashtirilgan maʼmuriy birliklar — aymaklarni joriy etish niyat qilinmoqda. Islohotni 2027 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
40 ta tuman oʻrniga 20 dan ortiq aymak tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. Ular tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kichikroq boʻladi. Yang birliklarni tashkil etishda hokimiyat organlari hududlarning iqtisodiy va geografik salohiyatini hisobga olmoqchi.
Davlat va munitsipal boshqaruv xizmati direktori Elchibek Jantayev "Kabar" agentligi efirida maʼlum qilishicha, islohotning vazifalaridan biri — viloyat va tuman hokimiyat organlarining funktsiyalari bir-birini takrorlashiga chek qoʻyishdir. Yangi maʼmuriy tuzilish modeli Iqtisodiyot vazirligi tomonidan hududlarning xususiyatlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda.
Islohotning birinchi bosqichi 2023 yilda boshlangan. Oʻshanda bir qator tumanlarning chegaralari oʻzgartirilgan, baʼzi aholi punktlari esa shaharlar tarkibiga kiritilgan edi.

