Qirgʻizistonda sodir boʻlgan 3,9 magnitudali zilzila Oʻzbekistonning ikki viloyatida sezildi
Qirgʻizistonda 3,9 magnitudali zilzila yuz berdi, uning yer osti silkinishlari Oʻzbekistonning ikki viloyatida sezildi. Bu haqda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan 3,9 magnitudali yer silkinishi Oʻzbekistonning ikki viloyatida sezildi
Yer osti silkinishlari 12 sentyabr kuni soat 14:47 da qayd etildi. Epitsentr Qirgʻiziston Respublikasi hududida, Jalolobod yaqinida joylashgan.
Zilzila magnitudasi 3,9 ni, oʻchoq chuqurligi esa 16 kilometrni tashkil etdi. Epitsentr koordinatalari: shimoliy kenglik boʻyicha 41,25 daraja va sharqiy uzunlik boʻyicha 72,22 daraja.
Oʻzbekiston hududida silkinishlar Andijon va Namangan viloyatlarida sezildi. Ularning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
Andijon viloyatida zilzila epitsentrdan 49 kilometr masofada, Namanganda esa 55 kilometr masofada sezildi.
Epitsentrdan Toshkentgacha boʻlgan masofa janubi-sharqiy yoʻnalishda 251 kilometrni tashkil etdi.

