Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezildi
Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Andijon va Namangan viloyatlarida 2 ball bo‘lib sezildi.

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi Andijon va Namanganda ham sezildi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, 12-sentabr kuni soat 14:47 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezilgan.
Zilzila magnitudasi epitsentri Jalolobodda 3,9 ga teng bo‘lgan, uning chuqurligi esa 16 kilometrni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 31-avgust kuni Buxoro viloyatining ayrim tumanlarida ham zilzila sodir bo‘lgan edi. O‘shanda uning kuchi epitsentri bo‘lgan Gazli shahrida 3 ball bo‘lib sezilgandi.

