Qirğizistondagi 5,2 magnitudali zilzila Özbekistonning uç viloyatida sezildi
4-noyabr kuni tunda Qirğizistonda 5,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Yer silkinişi Özbekistonning Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida ham sezildi.

Qirg‘izistondagi 5,2 magnitudali zilzila O‘zbekistonning uch viloyatida sezildi.
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi maʼlumotiga ko‘ra, zilzila soat 02:34:15 da qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning O‘sh hududiga to‘g‘ri kelgan. U Toshkentdan 373 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston hududida yer silkinishining sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
Andijon viloyatida - 2–3 ball;
Farg‘ona viloyatida - 2–3 ball;
Namangan viloyatida - 2 ball.
Epitsentr koordinatalari 39,84 daraja shimoliy kenglik va 73,21 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan.

