Tojikistondagi 5 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududiga ham ta’sir etdi
Farg‘ona viloyati tumanlarida yer silkinishi kuzatildi.

Tojikistonda 5 magnitudaga yaqin zilzila yuz berdi va uning ta’siri O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostika respublika markazi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- So‘x tumanida 2 ball, 240 km.
- Quvasoy shahrida 2 ball, 255 km.
- Farg‘ona tumanida 2 ball, 257 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 448 km janubiy-sharqda joylashgan.
Vaqti: 15:48:16 21.09.2026
Magnituda: 4,9
Chuqurligi: 160 km
Epitsentr: Tog‘li Badaxshon, Tojikiston
Koordinatalari: 38,03 N, 72,34 E.

