Mahalliy

Qaysi hududlarda qurilishlar ko‘proq bo‘layotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 8 oy davomida jami 173,1 trln so‘mlik bino va inshootlar qurildi

Qaysi hududlarda qurilishlar ko‘proq bo‘layotgani ma’lum qilindi

2026-yilning dastlabki 8 oyida mamlakat bo‘ylab bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha 173,1 trln so‘mlik ishlar amalga oshirilgan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda qurilish ishlari hajmi 56,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu respublika bo‘yicha umumiy hajmning qariyb 33 foiziga teng.

Toshkent viloyatida 14,5 trln so‘mlik bino va inshootlar qurilgan. Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 10,7 trln so‘mni, Buxoro viloyatida 9,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Qashqadaryo viloyatida 8,8 trln so‘mlik, Andijon va Xorazm viloyatlarining har birida 8,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Namangan viloyatida qurilish hajmi 8,4 trln so‘mga, Navoiy viloyatida 8,1 trln so‘mga yetgan. Surxondaryo viloyatida 7,5 trln so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,2 trln so‘mlik ishlar amalga oshirilgan.

Samarqand viloyatida bino va inshootlar qurilishi hajmi 4,4 trln so‘mni tashkil etgan. Jizzax viloyatida 4,3 trln so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 3,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.