Qashqadaryolik ayol 13 yillik ogʻir kasallikdan qanday xalos boʻldi?
Ogʻir kasallik - taqdirning sinovi. Xususan, qashqadaryolik Feruza Xushvaqtova 20 yoshida toʻsatdan yurolmay qolgandi. Bu dard 13 yil davom etdi. Shu orada bemor qizning fotiha toʻyi buzildi, ota-onasi olamdan oʻtdi. Ammo Feruza sogʻayishdan umidini uzmadi.

Qashqadaryolik ayol 13 yillik ogʻir xastalikdan qanday qutuldi?
Jarrohlarimizning saʼy-harakatlari tufayli u yana oyoqqa turdi. Ikkala chanoq-son va tizza boʻgʻimlarida navbati bilan amalga oshirilgan 4 ta murakkab operatsiyadan soʻng Feruza yana sogʻlom hayotga qaytdi. U avvalgidek mustaqil yurishni yana boshladi.
Matbuot xizmati tayyorlagan videoda ushbu matonatli ayolning hayot yoʻli, taqdirning kutilmagan sinovlari va mukofotlari uning oʻz tilidan hikoya qilinadi.

