Qashqadaryodagi maktabga ishga joylashtirish uchun ingliz tili oʻqituvchisidan 600 dollar talab qilindi

Qashqadaryodagi maktabga ingliz tili oʻqituvchisini ishga joylashtirish uchun 600 dollar talab qilindi
Qashqadaryo viloyatida maktab direktori pora olishda gumonlanib qoʻlga olindi. U ingliz tili oʻqituvchisini ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor tadbir idoraning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan. Gʻuzor tumanidagi maktab direktori oʻqituvchini ishga joylashtirish uchun 600 dollar olgan. U ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan pora olish moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval Namanganda Xalq qabulxonasining muqaddam sudlangan xodimi qoʻlga olingan edi. U pora evaziga uy qurish uchun yer uchastkasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

