Qashqadaryoda 4 yoshli qiz asrab olgan onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi
Kasbi tumanida 4 yoshli qizcha er-xotin oʻrtasidagi janjal vaqtida oʻgay onasi tomonidan kaltaklanishi natijasida vafot etdi. Ayol qoʻlga olingan, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qashqadaryoda 4 yoshli qiz asrab olgan onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 4 yoshli qiz asrab olgan onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu maʼlumotni Oʻzbekiston bolalar ombudsmani idorasi tasdiqladi.
Xabar qilinishicha, 26 sentyabr kuni er-xotin — 38 yoshli N. A. va 32 yoshli I. S. oʻrtasida mojaro kelib chiqqan, ushbu mojaro davomida ayol asrab olgan qizini kaltaklagan. Qizcha boshidan ogʻir jarohat olib, oʻsha kuni vafot etgan.
27 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi 8-qismi «g» bandi (hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga shikast yetkazish, bu jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ushbu jinoyat uchun 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi hibsga olingan.
Bolalar ombudsmani idorasi tergov jarayonini oʻz nazoratiga olganini maʼlum qildi.

