Qarşida 360 örinli boğça qurilib, maktab ta’mirlanadi
Qarşida 360 örinli yangi boğça quriş va 43-sonli maktabni rekonstruksiya qiliş rejalaştirilmoqda. Ta’lim muassasalari şaroiti yangilanadi.

Qarshida 360 o‘rinli bog‘cha qurilib, maktab ta’mirlanadi
Qarshi shahrida 360 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va 43-sonli maktabni to‘liq ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva shahardagi ta’lim muassasalariga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1-sonli bog‘cha binosi avariya holatida, 43-sonli maktabda esa isitish tizimi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va eskirgan mebellarni yangilash zarur.
Mavjud bog‘cha o‘rnida 360 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan yangi bino qurish rejalashtirilgan.
43-sonli maktabni to‘liq rekonstruksiya qilish va zamonaviy o‘quv laboratoriyalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ijodiy to‘garaklar faoliyati uchun sharoit yaratish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Saida Mirziyoyeva tashrif davomida yangi Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida ham bo‘lib, u yerda yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari bilan tanishdi.
Uning ta’kidlashicha, asosiy vazifa bolalarning maktabgacha ta’limdan tortib kasb-hunar egallagunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda munosib sharoitlarda rivojlanishi va ta’lim olishini ta’minlashdan iborat.

