Qarshidagi maktabda o‘quvchilar o‘rtasida janjal yuz berdi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar o‘rtasida janjal yuz berdi
Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari orasida janjal kelib chiqdi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur voqea bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Dastlabki o‘rganishlar jarayonida videodagi voqea ishtirokchilari H.L., R.R., R.M. va B.M. ekani ma’lum bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini chaqirtirib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.
Shuningdek, janjalning sabablari, ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar va videoda aks etgan vaziyat yuzasidan tegishli tushuntirishlar olindi.
Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Qarshi shahar IIBga yuborildi. Ayni paytda vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surishtiruv yakunlari va aniqlangan holatlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilib, yakuniy xulosa chiqariladi. O‘rganish jarayoni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazoratiga olingan.

