Mahalliy

Qarshida “pravasiz” haydovchi mahalla ichida Damas’ni xavfli tarzda boshqardi

Qarshi shahrida Damas piyodalar, jumladan, kichik yoshli bolalar bo‘lgan turar joyning hovlisida xavfli tarzda harakatlandi. Haydovchi shaxsi aniqlanib, unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi. Haydovchi o‘sha vaqtda stressda ekanini aytib, kechirim so‘radi.

Qarshida “pravasiz” haydovchi mahalla ichida Damas’ni xavfli tarzda boshqargani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida Damas piyodalar, jumladan, kichik yoshli bolalar bo‘lgan turar joy hovlisida xavfli tarzda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati YHXB haydovchi aniqlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2005-yilda tug‘ilgan shaxs Qarshi shahrining Cho‘lquvar mahallasida joylashgan ko‘p qavatli binolar oralab yuqori tezlikda harakatlangan va shu yerdagi profilaktika inspektori hamda fuqarolarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan.

Haydovchi o‘sha paytda stressda ekanini aytib, kechirim so‘radi.

“O‘tirish chiqib qolgandi, akamdan beruxsat Damas’ni olib chiqib ketdim. Mahallada qo‘pol ravishda tez haydadim, yosh bolalar chiqqan ekan, ko‘rmay qoldim. Yonimda yosh bolalar borligini aniq bilmagandim. Endi xalqimdan, o‘sha bolalarning ota-onasidan ming bir uzr so‘rayman, pushaymonman qilgan ishimdan. O‘sha vaqtda stress holatda edim. „Prava“ olmasdan boshqa haydamayman”, — deydi haydovchi.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirildi:

Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.