Toshkentda Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini tashigan “prava”siz haydovchi aniqlandi
Toshkentda 7 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi. Mashina haydovchisi esa mast holda boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini tashigan “prava”siz haydovchi aniqlandi
Toshkentda 7 kishilik Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketgan haydovchi aniqlangani haqida poytaxt IIBB xabar berdi.
4-sentabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori oq rangli Damas’ni to‘xtatib, tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv chog‘ida transport vositasida belgilangan me’yordan ortiq odam tashilayotgani, ya’ni jami 25 nafar bog‘cha bolasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Haydovchining hujjatlari ko‘zdan kechirilganda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u avval mast holatda transport boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.
Bolalarni xavf ostida qoldirgani uchun haydovchi ularning ota-onasi va bog‘cha xodimlaridan uzr so‘rab, kelgusida qonunga rioya qilishga harakat qilishini bildirdi.
Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilarini xavfsizlik qoidalarini buzgan holda 4−7 o‘rinli avtomobillarda tashish O‘zbekistonda ancha keng tarqalgan.
Rulda haydovchilik guvohnomasi olmagan oilaviy bog‘cha rahbari bo‘lgan. Hodisa oqibatida ayol vafot etgan, bolalar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Shundan so‘ng YHXX 1−8-may kunlari bolalarni transportda me’yordan ortiq tashish bilan bog‘liq 125 ta holatni aniqlagan. Idora axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevga ko‘ra, ayrim holatlarda Damas’larda 25−28 nafargacha, Spark avtomobillarida esa 18 nafargacha bola tashilgan.
Ta’kidlash joizki, bunday qoidabuzarlikning og‘ir oqibatlari haqida muntazam xabar va ogohlantirishlar berib kelinayotgani hamda nazorat tadbirlari o‘tkazilayotganiga qaramay, yo‘llarda bolalar hayotini xavfga qo‘yib, ularni sig‘imdan ortiq tashish holatlari tez-tez uchrab turadi.

