Mahalliy

Qanday qilib onlayn olingan tovarni qaytariş mumkin?

Onlayn olingan tovar nuqsonli bölsa yoki rasm va tavsifga mos kelmasa, sotuvçidan uni almaştirişni yoki pulni qaytarişni talab qiliş mumkin. Sifatli, lekin ölçami yoki rangi töğri kelmagan tovarni 10 kun içida almaştiriş mumkin. Mos tovar bölmasa, pul qaytariladi. Kosmetika va mebel kabi ayrim tovarlarni esa sifatli bölsa, na qaytarib, na almaştirib bölmaydi.

Onlayn xarid qilingan tovarni qanday qaytarish mumkin?

Tovarni qaytarish shartlari uning nima sababdan qaytarilayotganiga qarab farqlanadi. Masalan, kelgan mahsulot eʼlondagi tavsifga mos kelmasa yoki sifatli bo‘lsa ham, xaridor uni almashtirmoqchi bo‘lsa.

| Tovarni qaytarish sababi | Nima talab qilish mumkin? | Muddat | Qaysi qonunda? |

|---|---|---|---|

| Tavsif yoki namunaga mos kelmaydi | Almashtirish yoki pulni qaytarish | Qonunda alohida kunlik muddat belgilanmagan | «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun, 26-modda; «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, 28¹-modda |

| Nuqsonli | Almashtirish, nuqsonni bepul bartaraf etish, narxni kamaytirish yoki pulni qaytarib olish | Almashtirish uchun 7 kun, qo‘shimcha tekshiruvda 20 kun, ayni tovar bo‘lmasa 1 oy | «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, 13–14-moddalar; «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun, 26-modda |

| Sifatli, lekin mos kelmadi | Almashtirish; kerakli tovar mavjud bo‘lmasa pulni qaytarish | 10 kun | «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, 18-modda |

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.