Dunyo

Putin Ukrainaga: «Bu qadamni qoʻyishdan avval oqibatlarini oʻylash kerak edi»

Vladimir Putin Ukraina Rossiyaning Wildberries va Ozon marketpleyslari hamda boshqa obyektlariga zarba berishdan oldin bunday harakatlarning oqibatlarini oʻylab koʻrishi kerak edi, deb hisoblaydi. Rossiya prezidenti Moskva bunday harakatlarga javob qaytara boshlaganini maʼlum qildi.

Putin Ukrainaga: «Bu qadamni qoʻyishdan avval oqibatlarini oʻylash kerak edi»

Ukraina rasmiylari Rossiyaning marketpleyslari va boshqa obyektlariga zarba berishdan oldin buning oqibatlarini hisobga olishi kerak edi, dedi.

«Biz raqibning platformalarimizga - ham Wildberries, ham Ozon’ga qarshi harakatlariga duch keldik. Darvoqe, ular doim shunday qadamlarni tashlaydilarki, ochigʻini aytganda, biz bularni oldindan koʻra bilishimiz kerak edi. Ammo biz ular bu darajaga bormaydi deb oʻylagandik.

Ular bunga ham jurʼat etishdi, endi biz javob qaytara boshlaymiz. Shundan soʻng ular darhol oʻz homiylariga yugurib, bizga taʼsir oʻtkazishni va bizni toʻxtatishni yolvorib soʻrashadi. Energetika obyektlari masalasida ham xuddi shunday boʻlgandi. Mana, ular haligacha buni davom ettirishmoqda. Kecha ayrim neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishga urinishdi. Hozir ham baʼzi joylarga zarba berildi. Hech qanday jiddiy talafot yoʻq, biroq ular baribir oʻz harakatlarini davom ettirishmoqda.

Elektron tijorat platformalari bilan ham xuddi shu ahvol. Mana, ular birinchi boʻlib qadam tashladi va biz javob berishni boshladik. Hozir u tomonda energetika boʻyicha ham, boshqa obyektlar, jumladan, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va shu kabilar yuzasidan ham dod-voy solishyapti. Buni ularning oʻzi boshladi. Boshlamaslik kerak edi. Bu qadamni qoʻyishdan avval uning oqibatlari haqida yaxshilab oʻylab koʻrish lozim edi».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.