Dunyo

Putin Gana fuqarolarini uruşga yollaşni taqiqlaşga vaʼda berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gana fuqarolarining Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişini taqiqlaşga vaʼda bergan. Bu haqda Gana taşqi işlar vaziri Samuel Okudzeto Ablakva maʼlum qildi. Uning aytişiça, taqiq uruşga yollaş holatlariga ham, köngilli ravişda qöşilişga ham taalluqli böladi.

Putin Gana fuqarolarini urushga yuborishni taqiqlashga va’da berdi

Vazirning 1-noyabrda bildirishicha, bu masala uchinchi «Rossiya - Afrika» sammiti doirasida Putinning Gana prezidenti Jon Dramani Mahama bilan Kremldagi uchrashuvida muhokama qilingan. Mahama o‘z fuqarolarining urushga jalb qilinayotganidan xavotir bildirgan.

«Bu taqiq ishtirokning barcha holatlarini - ham noqonuniy yollashni, ham o‘z xohishi bilan qo‘shilishni qamrab oladi», - degan Ablakva.

Avvalroq BMTning Ukrainadagi urush davomida sodir etilgan jinoyatlarni tekshiruvchi mustaqil xalqaro komissiyasi Rossiyani xorijliklarni aldab frontga yuborish bilan bog‘liq odam savdosida ayblagan edi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 29 mamlakatdan o‘nlab erkaklar bunday harakatlar qurboni bo‘lgan.

«Vajnyye istorii» nashri 2026-yil fevralda ganalik Kelvin Ejire haqida xabar bergan. Nashrga ko‘ra, u dastlab Rossiya armiyasida xizmat qilgan, keyin esa hamyurtlari orasida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni targ‘ib qila boshlagan.

DW keltirgan Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 135 mamlakatdan 28 mingdan ortiq xorijlikni urushga yollagan. Ularning besh mingdan ziyodi halok bo‘lgani bildirilgan. Shuningdek, Ukrainada kamida 213 nafar xorijlik harbiy asir sifatida saqlangan, ularning 37 nafari Afrika mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan.

Keniya hukumati Kievdan asirga tushgan o‘z fuqarolarini odam savdosi jabrlanuvchilari sifatida tan olishni so‘ragan. Keniya tomonining bildirishicha, bu odamlar urushga aldov yo‘li bilan jalb qilingan.

Bloomberg esa Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti qizi Duduzila Zuma-Sambudlaning JAR va Botsvana fuqarolarini yollashga aloqador bo‘lgani haqida xabar bergan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, u fuqarolarga tan soqchilar tayyorlash kurslariga yuborilishini, keyinchalik esa otasining partiyasida ishlashini va’da qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.