Mahalliy

“Pul uchun har balo qilish — odamning ishi emas”. Bobomurod Hamdamovning o‘g‘li Janob Rasulni sudga berdi

“Pul uchun har balo qilish — odamning ishi emas”. Bobomurod Hamdamovning o‘g‘li Janob Rasulni sudga berdi

Xorazmlik xonanda Janob Rasul Instagram sahifasida Bobomurod Hamdamovning qo‘shig‘ini kuylagani uchun ustoz san’atkorning o‘g‘li tomonidan sudga berilgani haqida ma’lum qildi.

“Bobomurod Hamdamovning qo‘shig‘ini aytganim uchun mualliflik bo‘yicha xat keldi. O‘n yoshimdan beri ustozning qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rib, aytib yuraman. Enam ham ularning muxlisi, tug‘ilgan kunimda Bobomurod Hamdamovning “Ko‘rdim yuzingni” qo‘shig‘ini ijro qilib ber, deb iltimos qildi. Enam xursand bo‘lgan shu videoni Instagram sahifamga qo‘ydim. Olloh guvoh, ustozning o‘zi bir videoda “Hamma qo‘shiqlarimni ijro etaversin” degan. Endi hamma gap pulda-da. Pul kerak bo‘lsa, mening oldimga kelilar. “Lyuboying” bilan gaplashaman, qaysi farzandi bo‘lsa ham. Man shu paytgacha ustozning oilasini ham, o‘zini ham hurmat qilganman. Ustozning o‘zi “Qo‘shiqlarimni hamma aytsin. Tuf denglar yuzimga avtorskiy jo‘natsam, mendan keyin bolalarim shunday qilsa qarg‘anglar” degan. Bunaqa qilib ustozning ruhini chirqillatish, pul uchun har balo qilish — odamning ishi emas.

Avvallo ustozning joyi jannatdan bo‘lsin, ular eng yaxshi ustoz edi. Lekin afsuski, o‘g‘illariga juda achindim. Bu narsa hal bo‘lar, jarimasi ham to‘lanadi, lekin ustoz ruhining chirqillashini pul bilan yopolmaysizlar. Narigi dunyoda har bir ishimiz uchun javob beramiz hali”, degan xonanda.

“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”.

Shundan so‘ng Janob Rasul Instagram sahifasiga ustoz san’atkorning o‘zi qo‘shiqlarini har kim ijro etishi mumkinligini aytgan videoni ham joyladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yil 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etgan edi.

“Buning hammasini ukam va xotini qilyapti”.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.