Mahalliy

Toshkentda xotinini kaltaklashda gumonlangan sport ustasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda rafiqasini muntazam kaltaklaganlikda gumonlanayotgan sport ustasiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Nemolchi.uz” loyihasi poytaxt IIBB matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Jabrlanuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy va sport ustasi bo‘lgan eri uni doimiy ravishda kaltaklab kelgan. Shuningdek, erkak oilani moddiy ta’minlamagani sababli, ayol ikki nafar kichik yoshli farzandi, jumladan, bir yoshli bolasi bilan yashash uchun muntazam ravishda kredit olishga majbur bo‘lgan.

Instagram’dagi post ostida murabbiyning do‘stlari, aka-uka va opalari uning bunday odam emasligini yozishgan.

“Ular loyihamizni tuhmatda ayblab, jabrlanuvchiga mag‘zava ag‘darishdi va o‘z do‘stlarini har qanday yo‘l bilan oqlashga urinishdi. Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, unga tajovuzkorning do‘stlari qo‘ng‘iroq qilib, arizasini qaytarib olishi uchun bosim o‘tkazishmoqda”, deyiladi “Nemolchi.uz” xabarida.

Qayd etilishicha, hozirda jabrlanuvchi ayolga himoya orderi berilgan va sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Gumonlanayotgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 3-qismi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.