Prezidentlik saylovida yutqazgan Bolsonaru Braziliyadan AQŞga qoçgani aytildi
Braziliya senatori Flaviu Bolsonaru prezidentlik saylovidagi mağlubiyatidan keyin oilasi bilan AQŞga ketgani haqida xabar berildi. Reuters agentligiga köra, bu maʼlumotni uning safdoşi tasdiqlagan. Braziliya huquq-tartibot idoralari esa senatorning mamlakatdan çiqib ketgan-ketmaganini tekşirmoqda.

Prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Bolsonaru Braziliyadan AQŞga qochgani aytildi
Senator Flaviu Bolsonaru prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Braziliyadan AQŞga jo‘nadi, deb Reuters agentligiga uning safdoshi ma’lum qildi.
Bolsonaru oilasiga yaqin manbalarning CNN Brasil’ga bildirishicha, u rafiqasi va ikki qizi bilan AQŞga ketgan.
CNN Brasil yozishicha, Bolsonaruning jo‘nab ketishiga Oliy sud sudyasi Aleksandr de Morayeş uning pasportlarini olib qo‘yishni buyurganidan keyin yuzaga kelgan «hibsga olinishi qo‘rquvi» sabab bo‘lgan.
Nashr taxminiga ko‘ra, senator chegarani ichki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma bilan kesib o‘tib, so‘ngra Argentinaning Puerto-Iguasu shahridan Baires Fly kompaniyasining Gulfstream G400 xususiy samolyotida AQŞga uchib ketgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu xabarlardan so‘ng Braziliya federal politsiyasi chegara punktlari va aviareyslarni tekshira boshladi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, senator rasmiy migratsiya nazorati punktlaridan o‘tmagan. Tergovchilar chegarani bunday punktlardan chetlab o‘tish ehtimolini o‘rganib, kamera yozuvlari va chegaraoldi hududdagi harakatlanishlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirdi. Shuningdek, Braziliya Adliya vazirligi va federal politsiyasi Argentina rasmiylariga murojaat qilib, senator mamlakatdan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Gazeta do Povo.
Braziliyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. Bolsonaru mag‘lubiyatini tan olmadi: uning fikricha, rasmiylarning ovoz berish vaqtini uzaytirish haqidagi qarori bir qator qonunbuzarliklarni keltirib chiqargan.

