Mahalliy

Prezidentga Toshkentning Olmazor tumanidagi minorali avtoturargoh koʻrsatildi

Toshkentning Olmazor tumanidagi «Kichkirik» mahallasida 16 ta avtomobilga moʻljallangan sakkiz qavatli minora tipidagi avtoturargoh qurildi. U lift printsipi asosida ishlaydi: markaziy koʻtargich mashinani qabul qilib oladi va uni avtomatik ravishda boʻsh joyga joylashtiradi. Obʼyekt bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.

Prezidentga Toshkentning Olmazor tumanidagi minorali avtoturargoh koʻrsatildi

11 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Olmazor tumanidagi Kichkirik mahallasida boʻlib, u yerda amalga oshirilgan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

«Obod mahalla» dasturi doirasidagi tadbirlarga mahalliy byudjetdan 71,4 mlrd soʻm yoʻnaltirildi.

Mahalla 30 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. Uning hududida 23 ta koʻp qavatli uy joylashgan boʻlib, 1416 ta xonadonda 5400 dan ortiq kishi istiqomat qiladi.

Kichkirik kanali boʻylab choʻzilgan 2,4 km uzunlikdagi sayr zonasi asosiy obʼyektlardan biriga aylandi. Prezident Administratsiyasi maʼlumotlariga koʻra, bu yerda 12,4 km piyodalar yoʻlagi yotqizilgan, yashil hududlar kengaytirilgan, ayvon, 14 ta shiypon, favvoralar va charxpalak qurilgan.

Mahallada 6500 ga yaqin manzarali va mevali daraxtlar ekildi, uylarning fasadlari yangilandi, oʻrindiqlar va yoritish tizimlari oʻrnatildi. Shuningdek, 12 ta vorkaut maydonchasi, uchta futbol maydoni va kutubxonalar tashkil etildi, deyiladi xabarda.

Mahalla hududida 47 ta tadbirkorlik subʼyekti faoliyat koʻrsatmoqda. Yangi loyihalar doirasida 61 ta ish oʻrni yaratildi.

Tashrif davomida prezident aholi bandligini taʼminlash loyihalari bilan ham tanishdi.

Mahallada mamlakatdagi ilk minorali avtoturargohlardan biri ham oʻrnatildi. Sakkiz qavatli konstruktsiya lift printsipi asosida ishlaydi: avtomobilni markaziy koʻtargich qabul qilib oladi va avtomatik ravishda boʻsh joyga joylashtiradi. Avtoturargoh 16 ta mashinaga moʻljallangan.

Bundan tashqari, bu yerda jamoatchilik va madaniy tadbirlar uchun amfiteatr qurildi.

Prezident, shuningdek, 1976 yilda ochilgan 441-sonli bolalar bogʻchasiga tashrif buyurdi. Boʻsh hududda 450 oʻrinli ikkita yangi korpus qurildi, buning evaziga muassasaning umumiy sigʻimi 835 nafar bolagacha koʻpaydi.

Bogʻchada tuz xonasi jihozlandi, shuningdek, ingliz tili, mental arifmetika, rasm chizish, musiqa, badiiy gimnastika, shaxmat va taekvondo toʻgaraklari tashkil etildi.

Mirziyoyevga davlat tilini oʻyinlar va raqamli vositalar orqali oʻrganishga moʻljallangan «Oʻzbek tilini oʻynab oʻrganamiz» interaktiv platformasi ham taqdim etildi.

Bundan tashqari, prezident yoʻl harakati xavfsizligi toʻgaragi faoliyati bilan tanishdi. U bolalarga bolalikdan yoʻllarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini oʻrgatish uchun bunday mashgʻulotlarni boshqa bogʻchalarda ham rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.