Mahalliy

Prezidentga Toshkentdagi mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalari taqdim etildi

Shavkat Mirziyoyevga Yashnobod tumanidagi Vatandosh, Mohinur, Al-Buxoriy va Tong mahallalarini kompleks yangilash loyihasi taqdim etildi. Loyiha «15 daqiqalik mahalla» tamoyiliga asoslangan. Unga koʻra, aholi uchun zarur savdo va maishiy xizmatlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, dam olish hamda sport maskanlari odamlarga qulay masofada joylashtiriladi.

Prezidentga Toshkentdagi mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi

Yashnobod tumanidagi Vatandosh, Mohinur, Al-Buxoriy va Tong mahallalarini kompleks tarzda yangilash loyihasi ko‘rsatildi. Ularning umumiy hududi 75 gektarni tashkil etadi va bu yerda 18 ming 386 nafar aholi yashaydi.

Loyiha «15 daqiqalik mahalla» tamoyiliga tayangan. Unga muvofiq, aholi uchun zarur savdo va maishiy xizmatlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, dam olish hamda sport maskanlari odamlar uchun qulay masofada joylashtiriladi.

Hududda yashil maydonlarni kengaytirish, uch kilometrlik sayr yo‘lagini barpo etish, bolalar va sport maydonchalarini yangilash, ko‘p tarmoqli sport inshootini qurish rejalashtirilgan. Mavjud maktablarni kengaytirish orqali 2 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratish, 540 o‘ringa mo‘ljallangan to‘rtta bog‘cha va uchta poliklinika tashkil etish ham ko‘zda tutilmoqda.

Mahallalarda avtomobillarni hovlilardan tashqarida joylashtirish, jamoat transporti bekatlarini yangilash, xavfsiz piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish taklif qilindi. Shuningdek, 76 ta uyning tashqi ko‘rinishi va muhandislik tarmoqlarini yangilash, ko‘chalarni yoritish, chiqindi yig‘ish shoxobchalarini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, kafe hamda aholi muloqot qilib, hordiq chiqaradigan joylar tashkil etiladi.

«15 daqiqalik mahalla» tamoyili asosida poytaxtda 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga qadar esa 400 ta mahalla kompleks yangilanadi. Bu jarayonda ushbu mahallalardagi barcha infratuzilma, jumladan, issiqlik, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz va yoritish tizimlari, ko‘p kvartirali uylar fasadlari, yo‘l va yo‘laklar, bolalar va sport maydonchalari to‘liq yangilanadi. Mahallalarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daraxt va butalar soni xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

2030-yilga qadar 400 ta mahallada 130 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, xususan, 2027-yilda 100 ta mahallada 22 mingta. Buning uchun banklar tomonidan “konveyer” loyihalarni ishlab chiqish va ishga tushirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Poytaxtda aholi soni oshishi bilan o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi ham ortib bormoqda. 2025-2026 o‘quv yilida u 141 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, keyingi besh yilda o‘quvchilar soni 71 mingtaga (14 foiz) ko‘payishi hisobiga 2030-2031 o‘quv yiliga borib 212 mingtaga yetishi mumkin. Shu bois, 2030-yilgacha respublika byudjeti hisobidan 48 mingta, mahalliy byudjet hisobidan 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablarning yuklamasi hozirgi 1,4 koeffitsiyentdan 2030-yilda 1,2 gacha pasayadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.