Mahalliy

Prezident tashabbusi bilan “Shiroq” tarixiy filmi suratga olinmoqda.

“Avloniy”, “Abdulla Oripov”, “Maxtumquli Firogʻiy” kabi koʻplab tarixiy filmlarni suratga olgan kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan afsonaviy Shiroq jasoratiga bagʻishlangan “Shiroq” tarixiy filmini Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida tasvirga olish ishlarini yakunladi. Suratga olinayotgan filmning tasvirga olish jarayonidan beksteyj taqdim qilindi.

Prezident tashabbusi bilan “Shiroq” tarixiy filmi suratga olinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son qarori asosida, prezident tashabbusi bilan Oʻzbekiston madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «RAMZ-FILM» kinostudiyasi tomonidan «SHIROQ» tarixiy filmi ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur film xalqimiz tarixida alohida oʻrin egallagan, Vatan ozodligi va el erkinligi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan milliy qahramon Shiroqning tengsiz jasorati haqida hikoya qiladi.

Shiroq — dushmanga qarshi faqat qurol bilan emas, balki aql-zakovat, matonat va fidoyilik bilan kurashgan qahramon. U oʻzini qabiladoshlaridan jabr koʻrgan inson sifatida tanishtirib, Ahamoniylar hukmdori Doroning katta qoʻshinini suvsiz sahro ichkarisiga olib kiradi. Oʻz hayotini qurbon qilish evaziga bosqinchilar lashkarini halokatga mahkum etib, ona yurtini dushman istilosidan asrab qoladi.

Shiroq haqidagi tarixiy rivoyat qadimgi yunon muallifi va harbiy tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» — «Strategemata» asarida keltirilgan. Film ssenariysi ham aynan shu tarixiy manba asosida yaratilgan boʻlib, unda Shiroqning Vatan himoyasi yoʻlidagi jasorati, harbiy tadbirkorligi va tengsiz fidoyiligi badiiy tarzda talqin etiladi.

Shiroq timsoli asrlar davomida xalqimiz uchun vatanparvarlik, mardlik va matonat ramzi boʻlib kelgan. Shu sababli filmning gʻoyaviy mazmunida Vatanga sadoqat, milliy gʻurur, ajdodlar xotirasiga ehtirom va harbiy burchga sadoqat kabi yuksak qadriyatlar ustuvor oʻrin tutadi. Asar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini targʻib etishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.