Mahalliy

Prezident taqdirlangan bir guruh tadbirkorlarga mukofotlarni topshirdi (foto)

**Prezident bir guruh tadbirkorlarga mukofotlarni topshirdi (foto)**

Shavkat Mirziyoyev faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh tadbirkorlarga ushbu mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oʻzbekiston prezidentining farmoniga binoan, mamlakat taraqqiyoti va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash, investitsiyalar jalb qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlarni kengaytirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratishga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sohasida ilgʻor tajriba va anʼanalar maktabini yaratish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etishda ibrat koʻrsatayotgan tadbirkorlar “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.

Bugun, 18-avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident yigʻilganlarni “Tadbirkorlar kuni” bilan samimiy tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston ishbilarmonlari yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻz tashabbusi, bilimi va tajribasi bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida salmoqli natijalarga erishayotgani qayd etildi.

Ular tomonidan yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, eksportbop va import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda, zamonaviy xizmatlar yoʻlga qoʻyilib, aholi uchun yangi ish oʻrinlari va daromad manbalari yaratilmoqda.

“Ayniqsa, oʻz sohasida ilgʻor tajriba va anʼanalarni shakllantirayotgan, izlanuvchanligi, kreativ gʻoya va tashabbuslari bilan biznesga innovatsion texnologiyalarni olib kirayotgan tadbirkorlar safi kengayib borayotgani eʼtirof etildi”, — deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shakllangan ezgu anʼanaga muvofiq, har yili ilgʻor tadbirkorlar yuksak mukofotlari bilan taqdirlanib kelmoqda. Joriy yil ham nomzodlarni tanlashda ishlab chiqarish va eksportni koʻpaytirish, investitsiya jalb qilish, aholi bandligi va farovonligini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishda aniq natija koʻrsatayotgan tadbirkorlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda davlat rahbari davlat mukofotlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlanganlar tadbirkorlikni doimiy qoʻllab-quvvatlayotgani va ularning mehnatiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.