Mahalliy

Prezident bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tadbirkorni orden va medallar bilan taqdirladi. Ular 'mamlakat taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgani uchun' mukofotlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tadbirkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanganlar: “Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun” taqdirlanadi:

* “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni

* “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni

* “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni

* “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni

* “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

* “Mehnat shuhrati” ordeni

* “Do‘stlik” ordeni

* “Mardlik” ordeni

* II darajali “Salomatlik” ordeni

* “Sog‘lom turmush” medali

* “Jasorat” medali

* “Kelajak bunyodkori” medali

* “Shuhrat” medali

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.