Prezident olimpiadasi g‘oliblari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga yuboriladi
Kelasi yildan g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish boshlanadi. O‘z yo‘nalishida eng yaxshi natijaga erishgan sport

Prezident olimpiadasi g‘oliblari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga yuboriladi
Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Har yili olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga yuboriladi. Kelasi yildan g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish boshlanadi. O‘z yo‘nalishida eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi. Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga chaqirdi: «Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling».
Shundan so‘ng 2026 yilgi Prezident Olimpiadasini ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi! – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.

