Prezident Oʻzbekistonga robototexnika boʻyicha jahon chempioni unvonini olib kelgan jamoani mukofotladi

Oʻzbekiston Prezidenti Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida oʻtkazilgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro turnirida gʻolib chiqib, mamlakatga jahon chempioni unvonini olib kelgan robototexnika boʻyicha milliy terma jamoa murabbiylari, ishtirokchilari va menejerlarini medallar bilan taqdirladi.
Davlat rahbarining farmoniga koʻra, terma jamoa bosh murabbiyi Ziyodulla Butaxonov «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlandi. Jamoa sardori Ibrohim Salomov, texnik murabbiy Abdulloh Abdujabborov va terma jamoaning yana 11 nafar vakili «Kelajak bunyodkori» medalini oldi.
Mukofotlanganlar roʻyxatiga jamoa aʼzolari Shohruhbek Akbarov, Akbarshoh Qosimov, Ayubxon Mirahmedov, Umarbek Pardayev, Shukrullo Sodiqov, Mahkambek Teshabayev, Jasurbek Tojiqoʻziyev, Bahodir Oʻrmanov, Xondamir Oʻrmanov va Hasanxon Yusupxoʻjayev kiritildi. Shuningdek, jamoa menejeri Safina Teshabayeva ham medal bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge 2026 musobaqasida barcha 16 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, jahon chempioni boʻldi. Jamoa 637 ochko jamgʻardi va uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

