Siyosat

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Akramjon Fozilov vakillik organlari, NNT va yoshlar boʻyicha prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Aziza Qurbonova Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Xushnud Xudayberdiyev esa oʻrinbosari boʻldi. Farrux Omonov Xalq qabulxonasi rahbari lavozimini tark etmoqda.

Prezident administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamentida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Uzbekiston Prezidenti administratsiyasi (PA) Kommunikatsiyalar departamentida bir qator kadrlar tayinlovlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishlariga tayanib, davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Fevral oyidan beri Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Akramjon Murodjon oʻgʻli Fozilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Aziza Abdusabitovna Qurbonova departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻldi.

U ilgari Davlat rahbari matbuot xizmatining Media-markazida, OAV uchun kontent tayyorlash markazida ishlagan, shuningdek, koʻp yillar davomida televideniyeda faoliyat yuritgan.

Xushnud Gʻayratovich Xudayberdiyev departament boshligʻi oʻrinbosari etib tayinlandi. U 2020 yil iyul oyidan buyon Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) bosh direktori oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi, bungacha esa Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori boʻlgan. Maʼlumoti boʻyicha yurist. Taniqli bloger va jamoat arbobi.

Farrux Farhodjonovich Omonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari — Prezidentning Xalq qabulxonasi mudiri lavozimidan ozod etildi. Uning yangi ish joyi haqida xabar berilmagan. U oʻtgan yilning iyul oyidan buyon departament rahbari oʻrinbosari, aprel oyida esa Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.