Siyosat

“Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi” — Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida

“Bu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yangi muhim sahifani ochdi”, — Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi yuqori martabali mehmonlar va ularning oila a’zolari katta hurmat bilan kutib olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan bo‘lib, bu yaqinlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki ikki xalqning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbatida ham namoyon bo‘ladi.

Mamlakatlarning tarix, madaniyat va an’analardagi mushtarakligi infratuzilma va investitsiyalar kabi sohalardagi qo‘shma loyihalarda ham o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalar tarixida yana bir muhim sahifani ochgani ta’kidlandi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani va ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalashi qayd etildi.

“Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!” deyiladi xabarda.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi. 23-avgust kuni prezidentlar Toshkentda tor doirada uchrashuv o‘tkazdi hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etgan.

Uchrashuvlar yakunida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa muhim hujjatlar imzolandi, qator qo‘shma loyihalar ishga tushirilgan. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

24-avgust kuni oliy darajadagi tashrif dasturi Buxoroda davom etgan. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birga shaharning tarixiy obidalarini ziyorat qilgan. Ozarbayjonlik mehmonlarga Buxoro viloyatining raqamlashtirish, yengil va elektrotexnika sanoatidagi salohiyati haqida ham ma’lumot berilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.