Prezident: «Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz – haqiqiy mard insonlar!»
Davlat rahbari xorijda mehnat qilayotgan birorta ham fuqaro öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

Prezident: «Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz – haqiqiy mard insonlar!»
Bugun prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent shahri Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Davlat rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlar haqida alohida töxtaldi:
«Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qatʼi nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş – davlatning doimiy burçi va vazifasi».
Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.
Endilikda çet elda muammoga duç kelgan fuqaro elçi yoki konsulni izlab yurmaydi. «Onlayn mahalla» platformasi orqali yordam sörab murojaat qoldiradi. Zarur vaziyatda elçining özi uning oldiga borib, huquqlarini himoya qiladi, muammosiga yeçim topadi.
Davlat rahbari mutasaddilarga uşbu tizimni 10 kun içida yölga qöyiş va samarali işlaşini taʼminlaş böyiça takliflar kiritişni topşirdi.
«Muhim jihati – mehnat migrantlariga munosabat özgarmoqda.

