Farğonalik migrantlar uyiga oyiga örtaça 1 850 dollar yubormoqda
Farğonada xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi 1 850 dollarni taşkil etmoqda. Qoraqalpoğiston va Toşkent viloyatida esa bu körsatkiç 400 dollarga ham yetmayapti. Prezident hududlar örtasidagi katta tafovutga eʼtibor qaratib, odamlarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş böyiça işlarni qayta körib çiqiş zarurligini taʼkidladi.

Farğonalik migrantlar uyiga oyiga örtaça 1 850 dollar yubormoqda
2-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Yiğilişda qayd etilişiça, xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda esa 700 dollarga ham yetmayapti.
Şu munosabat bilan hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlari fuqarolarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş borasidagi faoliyatini qayta körib çiqişi zarurligi körsatib ötildi.
«Aslida, inson qayerda işlaşi, qança maoş olişi, huquqini kim himoya qilişini bilib borişi kerak!» - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari xorijiy mehnat bozorlariga çiqişda elçilar, hokimlar va texnikumlar birgalikda işlaşi lozimligini taʼkidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topiş, ularni texnikumlar bilan boğlaş hamda fuqarolarni işga joylaştiriş böyiça ijobiy misollar borligi aytildi. Boşqa mamlakatlardagi elçilarning bu boradagi faoliyati sust ekani körsatib ötildi.
Yiğilişda sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasi qamrovi kengaygani ham qayd etildi. Ilgari bu yönalişda uçta davlat bilan iş olib borilgan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetgan. Hamkorlik qilinayotgan yirik xorijiy iş beruvçilar soni qariyb 400 taga köpaygan.
Şuningdek, çet elda işlayotgan özbekistonliklar soni ön yilda ikki baravar kamayganiga qaramay, ularning oilalariga yuborayotgan mablağlari tört karra oşgan.
Prezidentning taʼkidlaşiça, bu xalqaro mehnat bozorida özbek mutaxassislariga munosabat özgarib, fuqarolar xorijga malakali kadr sifatida borayotganini körsatadi.
Davlat rahbari Özbekistonda çet elda işlaş istagidagi fuqarolar borligi, boşqa mamlakatlarda esa işçi kuçiga ehtiyoj yuqoriligini qayd etdi. Uşbu ikki imkoniyatni özaro boğlaş soha mutasaddilari va hududlar rahbarlarining asosiy vazifasi ekani taʼkidlandi.

