Dunyo

Pragada ön minglab odam namoyişga çiqdi

Çexiya poytaxti Pragada jamoat televideniesi va radiosini moliyalaştiriş tartibini özgartiriş rejasiga qarşi ön minglab odam namoyişga çiqdi. Hukumat ularni davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriş va ajratiladigan mablağni 15 foizdan köproq qisqartirişni taklif qilmoqda. Namoyişçilar bu OAVning hokimiyatga qaramligini kuçaytirişidan xavotirda.

Pragada o‘n minglab odam namoyishga chiqdi. Ishtirokchilar «Senzura qaytishini istamaymiz!» va «Kibr va vayronkorlik hukumatini to‘xtating!» kabi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqqan.

Bo‘sh vazir Andrey Babişning o‘ng populist hukumati jamoat teleradioeshittirishi uchun undiriladigan to‘lovni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga Chexiya televideniesi - ČT va Chexiya radiosi - ČRo davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.

Islohot moliyalashtirish hajmini 15 foizdan ko‘proq qisqartirishni ham nazarda tutadi. dpa agentligiga ko‘ra, namoyishchilar bunday o‘zgarishlar jamoat OAV mustaqilligiga putur yetkazishidan xavotir bildirmoqda.

Qonun loyihasi 24-oktabr kuni erta tongda parlament quyi palatasi - Deputatlar palatasida birinchi o‘qishdan o‘tgan. Endi uni parlament qo‘mitalari ko‘rib chiqadi.

Chexiya prezidenti Petr Pavel hukumatning islohotni parlamentdan shoshilinch o‘tkazishga urinishini tanqid qilgan. Uning fikricha, loyihani tungi vaqtda va dam olish kunlari muhokama qilish tashabbuskorlarning ezgu niyatiga ishonchni susaytiradi.

Babiş esa tanqidlarni rad etgan. «Hech kim dasturlar yoki yangiliklarni yoritish jarayoniga aralashmoqchi emas», - degan bo‘sh vazir.

So‘nggi kunlarda Praga, Brno va Chexiyaning boshqa shaharlarida ham shunday norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tgan, biroq ularda ishtirokchilar soni kamroq bo‘lgan.

Islohotni tanqid qilayotganlar orasida Yevropa teleradioeshittirish ittifoqi (EBU), Yevropa jurnalistlar federatsiyasi va «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti ham bor. AFP agentligi qayd etishicha, ular Babişni Slovakiya bo‘sh vaziri Robert Fitso va Vengriyaning sobiq hukumat rahbari Viktor Orban yo‘lidan borib, jamoat OAV mustaqilligini cheklashga intilishda ayblamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.