Polşa Rossiya bilan çegarada diversiyalarga qarşi maxsus operatsiya boşladi
Polşa razvedkaning ehtimoliy diversiyalar va qurollangan guruhlar kirib kelişi haqidagi ogohlantirişlaridan söng Rossiya bilan çegarada xavfsizlik çoralarini kuçaytirdi. Maxsus operatsiyaga politsiya, armiya, çegaraçilar va maxsus xizmatlar jalb etilgan.

Polşa Rossiya bilan çegarada diversiyalarga qarşi maxsus operatsiya boshladi
Polşa politsiyasi rahbari Marek Boron 2-noyabr kuni RMF FM radiostansiyasi efirida bu haqda maʼlum qildi.
Uning aytishicha, ötgan hafta Polşa Harbiy razvedka xizmati va ittifoqçi davlatlarning maxsus xizmatlari Rossiya bilan çegarada ehtimoliy diversiyalar yuzasidan ogohlantirish bergan. Xususan, qurollangan guruhlarning çegara orqali kirib kelishga urinişi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.
Shundan söng Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan çegaradosh hududlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
«Bu mamlakatimizdagi hozirgi vaziyat - diversiyalar, sabotaj va şarqdagi maxsus xizmatlar jinoiy faoliyatining turli gibrid şakllari bilan bevosita boğliq», - dedi Boron.
Operatsiya Polşaning şimoli-şarqidagi Varminsko-Mazur va Podlyask viloyatlarida ötkazilmoqda. Unda politsiya, armiya, çegara xizmati va maxsus xizmatlar bilan birga terrorizmga qarşi kuraş bölinmalari ham iştirok etmoqda.
Harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Politsiya boş boshqarmasida maxsus ştab tashkil etilgan. Çegara hududlariga mamlakatning bir neçta viloyatidan qöshimcha politsiya kuchlari yuborilgan.
Boron operatsiya ehtimoliy tahdidlarning oldini olishga qaratilganini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, asosiy maqsad - çegara yaqinida yaşovçi aholi, davlat muassasalari va diversiyalar nişoniga aylanişi mumkin bölgan boşqa obyektlar xavfsizligini taʼminlash.
«Bu xorijiy maxsus xizmatlardan olayotgan maʼlumotlarimiz bilan ham boğliq. Vazifamiz - u yerda yaşovçi fuqarolar va muassasalar xavfsizligini taʼminlash, jamiyatni har qanday ehtimoliy tahdiddan himoya qiliş», - dedi politsiya rahbari.
Şu bilan birga, u qöshimcha kuchlarning yuborilişi Polşa Konstitutsiyaviy tribunali atrofidagi siyosiy inqiroz bilan boğliq ekani haqidagi taxminlarni rad etdi.

