Dunyo

Polşa prezidenti sud mojarosi sabab samolyotini ortga burdi

Polşada Konstitutsiyaviy tribunal rahbarlarini vaqtinça çetlatiş haqidagi qaror siyosiy mojaroni keskinlaştirdi. Varşavada sud binosi politsiya qurşoviga olindi, prezident Karol Navrotskiy esa Senegalga parvozini töxtatib, mamlakatga şoşilinç qaytdi.

Polsha prezidenti sud mojarosi tufayli samolyotini ortga qaytardi

DW xabariga ko‘ra, 30-oktabr kuni sudya Anna Korvin-Piotrovska Konstitutsiyaviy tribunal raisi Bogdan Svençkovskiy va uning o‘rinbosari Bartolomey Soxanskiyni bir oy muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan chetlatishini e’lon qilgan.

Qarorda rahbarlar 2026-yilda parlament tomonidan saylangan va qasamyod qabul qilgan sudyalarning ishlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgani qayd etilgan. Korvin-Piotrovska o‘z vakolatini eng uzoq sudyalik stajiga ega shaxsga tribunal rahbarini almashtirish imkonini beruvchi qonun normasi bilan izohlagan. U 3-noyabrga sudyalar umumiy yig‘ilishini ham chaqirgan.

Soxanskiy esa qarorni tan olmagan va voqealarni «davlat to‘ntarishi» deb atagan. Uning aytishicha, o‘zini lavozimdan chetlatishga imkon beradigan huquqiy asosdan xabari yo‘q.

Bosh vazir Donald Tusk tribunal rahbarlarining vaqtincha chetlatilishini qo‘llab-quvvatlagan. U buni qonun ustuvorligini tiklash jarayoni bilan izohlab, qat’iy harakatlar zarurligini bildirgan.

Prezident Navrotskiy esa voqealar sabab Senegalga safarini to‘xtatgan. Prezident ma’muriyati uning Polshaga qaytish qarorini rasman tasdiqlagan. Mamlakatga qaytgach, u Svençkovskiy va Oliy sudning birinchi raisi Zbignev Kapinskiy bilan uchrashgan, so‘ng Kapinskiy hamrohligida tribunal binosiga kirgan.

Bino atrofida namoyishchilar to‘plangan. Varshava politsiyasi sudyalar va xodimlar xavfsizligiga ehtimoliy tahdid haqidagi murojaatlardan so‘ng hududni qurshovga olganini, ammo bino ichiga kirmaganini bildirgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, to‘siqdan oshib, tribunal hududiga kirgan uch kishi ushlangan.

Mojaro zamirida Tusk hukumati va Navrotskiy o‘rtasida yangi sudyalarning vakolatlarini tan olish bo‘yicha kelishmovchilik yotibdi. Prezident parlament saylagan ayrim sudyalardan qasamyod qabul qilishni rad etgan, tribunal raisi esa ularni ishlarni ko‘rishga qo‘ymagan.

Shuningdek, adliya vaziri va bosh prokuror Valdemar Jurek 30-oktabrda sudyalarning daxlsizligini bekor qilish bo‘yicha beshta iltimosnoma kiritganini ma’lum qilgan. Ular orasida tribunal raisi va uning o‘rinbosariga oid murojaatlar ham bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.