Pokistondagi masjidga uyushtirilgan hujumda kamida 16 kishi halok boʻldi
Juma namozi vaqtida portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan avtomobil masjid binosiga borib urilgan, deb xabar berdi politsiyaning yuqori lavozimli mulozimi BBC’ga.

Pokistonning shimoli-gʻarbidagi masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 16 kishi halok boʻldi.
Peshovardagi yuqori martabali politsiya mulozimining maʼlum qilishicha, portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan transport vositasi masjidga borib urilishi oqibatida oʻn bir nafar tinch aholi vakili va besh nafar politsiya xodimi halok boʻlgan.
Xayber-Paxtunxva provintsiyasining Kohat tumanidagi voqea joyida hujumchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida hamon otishma davom etmoqda.
Politsiya xodimining soʻzlariga koʻra, hujum qilganlardan biri politsiya tomonidan oʻldirilgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda va qurbonlar soni ortishi mumkin.

