Pokiston Harbiy-havo kuchlari Afgʻonistonga zarba berdi

Pokiston Harbiy-havo kuchlari Afgʻonistonga zarba berdi
Pokiston Qurolli kuchlari Afgʻoniston janubidagi Qandahorning toʻqqizinchi dahasidagi kimsasiz hududga hujum qildi. Afgʻoniston rasmiylari portlash ovozi butun shahar boʻylab eshitilganiga qaramay, hujum oqibatida vayronagarchiliklar va jabrlanganlar boʻlmaganini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hujum vayronagarchiliklarga yoki jabrlanganlarga olib kelmagan. Shu bilan birga, kuchli portlash ovozi shaharning barcha tumanlarida eshitilgan. Huquq-tartibot idoralari aholini xavotirga tushmaslikka chaqirdi.
Pokiston Axborot vaziri Ataulla Tarar Pokiston HHK Afgʻoniston hududidagi oʻnta obʼyektga zarba berganini maʼlum qildi. Islomobodning taʼkidlashicha, ushbu obʼyektlardan dronlarni uchirish va saqlash uchun foydalanilgan. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Ikki davlat oʻrtasidagi keskinlik oʻtgan yilning oktyabr oyida Pokistonning Kobulga bergan aviazarbalaridan keyin saqlanib qolmoqda. Oʻshanda Afgʻoniston Mudofaa vazirligi «qasos operatsiyasi» boshlanganini eʼlon qilgan edi. Bir necha kunlik oʻzaro zarbalardan soʻng, Qatar va Turkiya vosichiligida tomonlar oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldilar.
Fevral oyi oxirida Afgʻoniston Pokistonning yangi aviazarbalariga javoban Dyurand chizigʻi boʻylab operatsiya boshladi. Islomobod bunga oʻt ochish bilan javob qaytardi va toliblar bilan ochiq qurolli mojaro boshlanganini eʼlon qildi.

