«Paxtakor» Toshkentda Saudiyaning «Al-Qodisiya» klubi bilan durang oʻynadi

«Paxtakor» Toshkentda Saudiyaning «Al-Qadisiya» klubi bilan durang oʻynadi
Oʻzbekiston vitse-chempioni, poytaxtning «Paxtakor» klubi Osiyo Elit Chempionlar ligasi asosiy bosqichining ikkinchi turidagi oʻyinni durang bilan yakunladi.
Uchrashuv 12 oktyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida boʻlib oʻtdi, unda mezbonlar Saudiya Arabistonining «Al-Qadisiya» klubini qabul qildi. Hisobni 35-daqiqada mehmonlar oʻyinchisi Tijani Reynders ochdi. Poytaxt jamoasi magʻlubiyatdan eng oxirgi daqiqalarda qutulib qoldi: 89-daqiqada Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy 1:1 hisobini oʻrnatdi.
Toshkent klubi uchun bu musobaqadagi ketma-ket ikkinchi durang boʻldi: ilk turda Emilian Karas shogirdlari safarda Saudiya Arabistonining boshqa bir jamoasi — «Al-Ahli» bilan durang oʻynagan edi (1:1). Osiyo klublar turniri doirasidagi navbatdagi oʻyinni «Paxtakor» 26 oktyabr kuni safarda Iroqning «Al-Quva Al-Javiya» klubiga qarshi oʻtkazadi.

